30 iyul kuni Shimoliy Osetiyadagi Kaxtisar dovoni hududida «Back to the roots» nomli strit-art san’ati bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Unda Rossiyaning turli hududlari va qo‘shni davlatlardan kelgan 10 nafar strit-art rassomlari yig‘ildi.

Tadbir doirasida 10 ta badiiy obyekt yaratildi. Rassomlarning vazifasi o‘z millati, kelib chiqishi, milliy-madaniy qarashlarini o‘z suratlari orqali namoyish etish bo‘lgan.


Tadbir 30 iyul — «Xalqaro do‘stlik kuni» munosabati bilan tashkil etilgan edi.


San’at asarlari yo‘l qurilishi paytida paydo bo‘lgan sun’iy ravishda yaratilgan dolomit qoyalarining ustiga tushirilgan. Ko‘pgina graffiti suratlari o‘tish qiyin bo‘lgan joylarda chizilgan, ularni yaratgan rassomlar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib ishlashgan.

Masalan, Andrey Kalugin surati 12 metrlik balandlikka yetadi.

Rassomlar suratlarni purkagich va akril bo‘yoqlari yordamida yaratishgan. Aytilishicha, ular restavratsiyasiz 10 yilgacha saqlana oladi.

Barcha suratlar «Back to the roots» tashkilotchilari tomonidan «Gazeta.uz» so‘roviga binoan taqdim etildi.

Foto


Kostya Ujve

Misha Mak


Rustam Kubik


Andrey Kalugin

Ilya Is


Stas Bags


Misha Vert

Aleksandr Demkin