O‘zbekistonda kunlik koronavirus holatlari soni oshib bormoqda. 4 avgust kuni qayd etilgan yangi kasallanishlar soni 951 nafarni tashkil etib, yana pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkchini yangiladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumot uchun, bundan avvagi antirekord 30 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, kun davomida 924 kishida koronavirus aniqlangan edi.

2021 yil 4 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 133 852 (+951) nafarni tashkil etmoqda.


Kasallikdan sog‘ayganlar jami 127 309 (+932) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 avgustda 9 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 910 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, chorshanba kuni 559 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 12 984 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 87 nafarga yetdi.