«Barselona» klubi sardori Lionel Messi o‘z klubini tark etmoqda. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ispaniyaning «Barselona» klubi argentinalik hujumchisi Lionel Messi bilan kelishuvga erishgan bo‘lsa ham, moliyaviy va boshqa tuzilmaviy muammolar sababli o‘yinchini klubni tark etishga majbur bo‘lganligini ma’lum qildi. Tuzilmaviy muammolarga klub «La liga qoidalari» deya izoh berib ketgan.

«Ikkala tomonlar ham klub va o‘yinchining istagi amalga oshmaganligidan qayg‘uda», — deyiladi xabarda.

Lionel Messi 2000 yil «Barselona»ga qo‘shilgan bo‘lsa, 2003 yildan boshlab asosiy jamoa safida to‘p surgan. «Barselona» safida u 10 marotaba Ispaniya chempionatida, 4 marotaba Chempionlar ligasida, 7 marotabadan Ispaniya Kubogi va Superkubogida, 3 marotabadan Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba qozongan.