3 avgust kuni O‘zbekistonda 923 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 132 901 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 126 377 (+805) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 3 avgustda 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 901 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, seshanba kuni 542 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 12 425 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 83 nafarga yetdi.