Farg‘ona viloyati Quva tumani IIB 2 avgust kuni 11 yoshli o‘g‘il bolaning amakasi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani haqidagi xabar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi. Bola va uning onasi bu haqda bloger Aqida Xanumga so‘zlab berishgan edi.

Tekshirish ustidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan, deyiladi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, xabarda ko‘rsatilgan holat haqida muqaddam huquqni muhofaza qiluvchi oraganlarga murojaat kelib tushmagan.