22 iyul kuni O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonlari yakunlandi. Davlat test markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021−2022-o‘quv yili imtihonlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 948 ming 211 nafarни tashkil etadi. Bu 2020 yilга nisbatan 535 ming yoki 36,1 foizga kam. Ma’lumot uchun, 2019 yilда 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent OTMlarga hujjat topshirgan.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha soni quyidagicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 479 627 nafar (kvota: 113 530);
  • Sirtqi ta’lim shakli — 435 995 nafar (kvota: 37 675);
  • Kechki ta’lim shakli — 32 589 nafar (kvota: 6 550).

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili — 804 660 nafar;
  • Rus tili — 109 232 nafar;
  • Qoraqalpoq tili — 31 462 nafar;
  • Boshqa tillar — 2 857 nafar.

Bu statistika yakuniy bo‘lib, unga test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan, ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko‘ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abituriyentlar kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, bu yil OTMlarning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’limlari uchun jami 157 ming 175 ta kvota ajratilgan.

Bulardan:

  • kunduzgi ta’lim uchun: jami 113 ming 530 kvota (o‘tgan yilgidan 9955 taga ko‘p);
  • sirtqi ta’lim uchun: jami 37 ming 675 kvota (o‘tgan yilgidan 6325 taga ko‘p);
  • kechki ta’lim uchun: jami 6 ming 550 kvota (o‘tgan yilgidan 1525 taga ko‘p).

Davlat test markazi ro‘yxatga olingan abituriyentlar soniga oid OTMlar kesimidagi ma’lumotlarni ham taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga kirish test sinovlari 5 avgustdan boshlanadi. Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Shuningdek, test savollari soni qisqartirilib, majburiy fanlardan 10 tadan savol bo‘ladi.