Senat o‘zbekistonliklarni xorijga ishga yuborishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi

Senat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi haqidagi murojaatni o‘rganish natijalarini e’lon qildi. Aniqlanishicha, fuqarolarning pasportlari rasmiylashtirish uchun olingan va ular bir soatlik ish haqini bir kunlik deb “noto‘g‘ri tushunishgan”. Ushbu voqealar ortidan agentlikning Andijon filiali rahbari Ulug‘bek Yuldoshev ishdan bo‘shatildi.

Poytaxtda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda

Poytaxtda 2 avgustdan 7 avgustgacha “Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!” shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Rasman: Eldor Shomurodov Roma klubiga o‘tdi

Italiyaning “Roma” klubi “Jenoa” safida to‘p surgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi uchun 17,5 mln yevro to‘ladi. Futbolchi rimliklar bilan 2026 iyunining oxirigacha shartnoma imzoladi. Shomurodov “bo‘rilar” safida 14 raqam ostida harakat qiladi.

Ish beruvchilar vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlatishlari mumkin

Majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid hujjat prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilanmoqda. Qolaversa, Mehnat kodeksiga xodim emlashdan o‘tishni rad etgan holda ish beruvchi uni ishdan chetlatishiga haqli degan norma kiritildi.

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlar manzillari e’lon qilindi (ro‘yxat)

Respublika bo‘ylab 2021/2022 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlarning manzillari ro‘yxati ma’lum qilindi.

“Xo‘p, xo‘p xo‘jayin”. Toshkentda YPX xodimi yana jarima yozmasdan haydovchini qo‘yib yubordi

Toshkent viloyatida yana YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, u haydovchining telefonida “xo‘jayin” bilan gaplashdi. Yakunda xodim haydovchini “ogohlantirib”, qo‘yib yubordi. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.

Buxoroda “Abdullaxon” madrasasi devori o‘pirilib tushdi

Buxorodagi “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushdi. Qayd etilishicha, hodisa issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida sodir bo‘lgan.

“Toshkent transporti” mobil ilovasi ishga tushirildi

Poytaxt jamoat transportining real vaqtdagi harakatini kuzatishga mo‘ljallangan “Toshkent transporti” mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova orqali transport kartalarini sotish shahobchalarining joylashuvini ham ko‘rish mumkin.

Veolia Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi. Kompaniya 30 yil ichida 315 mln yevro hamda loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 mlrd 80 mln yevro investitsiya kiritadi. 10 yil ichida Toshkentdagi barcha qozonxonalarni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish ham reja qilingan. Sinov loyihalari ikkita tumanda amalga oshiriladi.

“Roma"ga o‘tish Eldorning o‘z mehnati va harakati samarasi”. Shomurodov haqida bildirilgan fikrlar

Italiyaning “Roma” klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov haqida uning agenti hamda “Roma” klubi bosh direktori fikr bildirdi. Shuningdek, Shomurodov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. “Vatanimni tanitishdan faxrlanaman”, — deydi u. Bundan tashqari Eldor Shomurodov klubdagi fotogalereyasini ham o‘tkazdi (foto, video).

YUNESKO qo‘mitasi O‘zbekistonga Shahrisabzni qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berdi

YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi pandemiya sharoitida O‘zbekistonga Shahrisabzning tarixiy qismini qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

“Virusni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya”. Prezident aholini yana bir bor emlanishga chaqirdi

Prezident raisligida o‘tayotan videselektorda Shavkat Mirziyoyev pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. “Virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tokio-2020. Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonga oltin medal olib keldi

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika sportida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikkita yo‘nalish bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi.

$70 ming evaziga qamoqxonadagi shaxsni ozod qilishga va’da bergan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda IIV Jazoni ijro etish departamentidagi tanishlari orqali 19 yilga qamalgan shaxsni ozodlikka chiqarishga va’da bergan surxondaryolik fuqaro qo‘lga olindi.

Xalq banki muammoli kreditlar sababli tijoriy kreditlashni to‘xtatdi

Xalq banki muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani uchun tijoriy kreditlar berishni to‘xtatdi. 1 iyul holatida ularning ulushi iyundagi 6 foiz o‘rniga 15 foiz yoki 3,2 trln so‘mga yetdi.

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n birinchi kunida bitta oldin medalni qo‘lga kiritdi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks hamda og‘ir atletika bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston bitta oltin medalga ega bo‘ldi.