Poytaxt jamoat transporti — avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzata oladigan «Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.

Shuningdek mazkur ilova orqali:

  • yagona transport kartalarini sotish shahobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish;
  • shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lish mumkin.

Ilova Google Play va AppStore orqali yuklab olinadi.