Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi emlangan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov dushanba kungi brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

«Davlat rahbari mas’uliyatli fuqaro sifatida koronavirusga qarshi emlandi. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi. Bular: xitoy-o‘zbek, „Sputnik V“ va AstraZeneca vaksinalari. Prezident shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan», — deydi Sherzod Asadov.

Avvlaroq, Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirgan edi.