Yoshimasa Takakura 2014 yilda The Kimono Project`ni boshlagan. U quyosh chiqar mamlakatning an’anaviy libosi orqali dunyoni Yaponiya madaniyati bilan tanishtirmoqchi edi.

Yoshimasa Takakura. Foto: inspirationsstudios.com

1964 yilda Yaponiyada o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida milliy kimono libosini kiygan ayollar medallarni taqdim etganidan so‘ng, Takakura har bir mamlakatning madaniyatini aks etuvchi kimonolarni yaratishga ilhomlangan.

2020 yilgi Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan mamlakatlarga bag‘ishlangan kimono kolleksiyasidagi har bir libosda, barcha mamlakatlarning o‘z madaniyati, tarixi va tabiatini mujassam etgan noyob dizayn ishlab chiqilgan.

«Sport singari, san’at olami ham chegara bilmaydi deb hisoblayman», — deydi Takakura.

Hammasi bo‘lib, to‘plamda 213 ta kimono bor.

O‘zbekiston kimonosi


O‘zbekiston uchun yaratilgan kimonoda Samarqanddagi «Registon» ansambli va Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining tasviri tushirilgan. Kimono o‘zbekona naqshlar va Yaponiyaning milliy ramzi — sakura daraxtining gullari bilan bezatilgan. Shuningdek, unda o‘zbek milliy matosi — atlasni ham ko‘rish mumkin.

Boshqa mamlakatlar

Qozog‘iston


Tojikiston

Qirg‘iziston


Turkmaniston


Afg‘oniston

Saudiya Arabistoni

Janubiy Koreya

Mo‘g‘uliston

Keniya Respublikasi


Misr

Zimbabve

Albaniya

Angliya

Moldova

Litva

Rossiya Federatsiyasi

AQSh


Livan

Qolgan barcha kimonolarni The Kimono Project`ning rasmiy saytida ko‘rish mumkin.