Yana antirekord: bir kunda 879 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonda 879 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.

Burger King O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Burger King tez ovqatlanish restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda. OOO Burgerhouse kompaniyasi ro‘yxatga olingan, xodimlar ishga olinmoqda. Birinchi filial yil oxirigacha ochilishi mumkin.

Prezident OKMKning “Yoshlik-1” konining o‘zlashtirilishi bilan tanishdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qiymati 4,9 mlrd dollar bo‘lgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni konda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Toshkent mahallalarida istirohat yo‘laklari tashkil etiladi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar va aholi zich joylashgan mahallalar, ichki yo‘l yoqalari va boshqa bo‘sh maydonlarda istirohat yo‘laklari tashkil etiladi.

Vaksina dozalari orasida 3 oydan ko‘p vaqt o‘tsa, qayta emlanish kerakligi aytildi

Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi olingandan so‘ng, ikkinchisini olgunga qadar 12 hafta (3 oy)dan ortiq vaqt o‘tsa, fuqaro revaksinatsiya qilinadi, deya ma’lum qildi SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov.

Tokio-2020: Olimpiadaning oltinchi kunini O‘zbekiston medallarsiz yakunladi

Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Bahodir Jalolov keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.

O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

Jurabek Laboratories tomonidan “Sputnik V” vaksinasining birinchi namunasi ishlab chiqilib, Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Ijobiy javob olingach va Rossiyadan xom-ashyo keltirilgach, O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini quyish avgust o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Jurabek Laboratories ishlab chiqarish direktorining ma’lum qilishicha, kompaniya birinchi bosqichda 2 mln doza “Sputnik V” va 10 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

O‘zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida Pfizer/Bio N Tech vaksinasining 1,2 mln dozasini xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Iyun oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi

Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning iyun oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi may oyida kuzatilgani kabi 10,9 foizni tashkil etib, so‘nggi to‘rt-besh oydan beri deyarli o‘zgarishsiz shakllanmoqda. Shuningdek, joriy yilning I yarim yilligida yalpi ichki mahsulot real hajmda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga oshdi.

1 noyabrga qadar aholining 70 foizini emlash rejalashtirilmoqda

1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilmoqda. Hozirga qadar respublika bo‘ylab 5,4% aholi infeksiyaga qarshi to‘liq emlangan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan, Andijon, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan.

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun beshta partiyaning vakolatli vakillarini ro‘yxatga oldi. Ular MSK majlislari, hujjatlarni topshirish, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish, ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi.

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish 1 avgustdan boshlanadi

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish onlayn ro‘yxatdan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish 1 avgust sanasidan boshlanadi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Ombdusman majburiy emlash ortidan inson huquqlariga putur yetish yoki yetmasligiga oid savollarga javob berdi

17 iyulda O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi majburiy emlanishi shart etib belgilandi. Oradan 11 kun o‘tib, quyi palata deputatlari majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid qonun loyihasini ma’qullab, Senatga yubordi. “Gazeta.uz” so‘roviga binoan ombudsman Feruza Eshmatova majburiy emlash va uni qonuniylashtirish jarayoni, bu borada xalqaro norma va tajriba, faqat bir vaksina mavjudligi tufayli aholining tanlov huquqi buzilishi kabi savollarga javob berdi.