28 iyul kuni Buxoro shahrida xonadon uchun maishiy texnikalar, mebellar, santexnika vositalari, sport anjomlari va boshqa ko‘plab mahsulotlarni muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin bo‘lgan yirik do‘konlar tarmog‘i bo‘lmish «ISHONCH» o‘z faoliyatini boshladi.

«ISHONCH» do‘konlar tarmog‘ining ushbu filialida aholining kundalik hayotda qulay muhit yaratishga yordam beradigan va hayotlariga farovonlik olib kiradigan 7000 dan ortiq turdagi mahsulotlar mavjud.


Ushbu do‘kon orqali endilikda Buxoro shahri aholisi har qanday mahsulotni muddatli to‘lov asosida sotib olishlari mumkin. Byudjet tashkiloti xodimlari va nafaqadagi shaxslardan mahsulot xaridi uchun ortiqcha hujjatlar talab qilinmaydi, ular faqatgina pasport orqali muddatli to‘lov shartnomasini rasmiylashtira oladi.


«ISHONCH» do‘konlar tarmog‘ining Buxoro shahrida filiali ochilishi 90 ta yangi ish o‘rnini yaratib, buxorolik yoshlarni ish bilan ta’minlandi. «ISHONCH» do‘konlar tarmog‘ida yaratilgan ustoz-shogird an’anasiga ko‘ra, yangi ochiladigan filiallarga ishga qabul qilingan xodimlar, tarmoqning boshqa filiallaridagi tajribali mutaxassislardan bilim olib o‘z malakalarini oshirishadi. Ushbu bilimlar yangi xodimlar uchun mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi.


«ISHONCH» o‘z xodimlari uchun barcha qulayliklarni yaratib beradi: munosib ish haqi, har oylik mukofotlar, bepul tushlik va ish formasi, dam olish tadbirlari, futbol musobaqalari, 6 oylik va yillik natijalarga ko‘ra sayohat uchun yo‘llanmalar, sanatoriya uchun yo‘llanmalar, xizmat avtomashinalari shular jumlasidandir.

«ISHONCH» do‘konlar tarmog‘iga ishga kirishni istaganlar https://t.me/Ishonchanketabot Telegram boti orqali o‘z anketalarini qoldirishlari mumkin.


«ISHONCH» xodimlari xaridorlar mahsulot tanlab olishida bajonidil o‘z maslahatlarini berishadi, mahsulotni sotib olayotganingizda sinovdan o‘tkazib, yashash joyingiz qaysi qavatda bo‘lishidan qat’iy nazar mahsulotni yig‘ib va albatta bepul yetkazib berishadi. Bundan tashqari, xodimlar yangi texnikani qanday ishlashini ko‘rsatib va undan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishadi.

Eslatib o‘tamiz, «ISHONCH» do‘konlarida xarid qilgan mijozga mahsulot ma’qul kelmagan taqdirda 30 kun ichida belgilangan shartlarda mahsulot qaytarib olinadi.

Batafsil ma’lumot uchun: +99873 515 22 22

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:

Telegram kanal: https://t.me/ishonchsavdo

Instagram: https://instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: https://facebook.com/ishonchsavdouz

Twitter: https://twitter.com/ishonchsavdo

YouTube: https://www.youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqlari asosida.