2021−2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish onlayn ro‘yxatdan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish 1 avgust sanasidan boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga kirish test sinovlari 5 avgustdan boshlanadi. Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi.

Shuningdek, test savollari qisqartirilib, majburiy fanlardan ular 10 tadan bo‘ladi.

Umumiy holda, 2021−2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ballni tashkil etadi.