Prezident tog‘-kon sanoati texnikasini ko‘zdan kechirib, samosval haydovchisi bilan suhbatlashgani haqida xabar berilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev haydovchi bilan suhbatda mashinaning qulayliklari haqida so‘radi. Davlat rahbari haydovchining maoshi haqida ham savol berdi. “11−12 mln, ko‘tarilib boryapti hozir”, — dedi haydovchi.

Prezident undan hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida ham so‘radi. “Uyim yo‘q edi, uyli bo‘ldim. Mashina oldim. Hozir Malibu avtomashinam bor. Sizga rahmat!”, deb javob berdi u. Shavkat Mirziyoyev “Malibu`ing ham bormi?”, deya xayron qoldi.