Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati 27 iyuldan boshlab pnevmoniya holatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berishni boshladi.

27 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 iyuldan beri 8723 nafar bemorlarda pnevmoniya aniqlangan. Ularning 2770 nafari sog‘ayib chiqqan. Shu kungacha bemorlarning 60 nafari vafot etdi.

Pnevmoniya holatlari aniqlanishi bo‘yicha viloyatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (3240), Toshkent (1288) va Jizzax viloyatida (998) qayd etilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 766, Surxondaryo viloyatida 569, Samarqand viloyatida 522 kishida pnevmoniya aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 27 iyul kuni 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkich ham SSV pnevmoniya holatlarini berishni boshlagan sanadan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan avvalgi antirekord 26 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, unda 521 kishida pnevmoniya aniqlangan.