28 iyul kuni soat 06:15 da Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani «Yurtim jamoli» MFYda joylashgan «Qora marvarid» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida «UAZ» avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining yorilishi yuzaga kelgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yo‘q. Avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan.


Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilingan. Hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.