O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti professori Boybo‘ta Do‘stqorayev 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar bermoqda.

Boybo‘ta Do‘stqorayev 1942 yil 12 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi «Oqto‘nli» qishlog‘ida tug‘ilgan.

ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969 yildan ish boshlagan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining «Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi» kafedrasining mudiri sifatida ishlagan.

Yarim asrlik umrini o‘qituvchi sifatida shu sohada jurnalist kadrlar tayyorlashga bag‘ishlagan.

Boybo‘ta Do‘stqorayev «O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi» darsligi muallifi. «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindori.

2002 yilda prezident farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoni bilan taqdirlangan.