2020 yil O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor bo‘lgan dzyudochi Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim qildi. Bu haqida MOQ axborot xizmati xabar berdi.

-90 kg vazn toifasida kurashgan sportchi ushbu bosqichda turkiyalik Mixael Zgankka qarshi tatamiga chiqdi. Davlat Bobonov ijrosidagi usul vazari/ippon bilan baholandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi, dzyudo bellashuvlaridagi dastlabki medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Davlat Bobonov bunga qadar ilk davrada italiyalik Nikolas Mungayga qarshi bahsda g‘alabaga erishgan edi. Ikkinchi davrada Bobonov ukrainalik Kejau Nxabaliga qarshi tatamiga ko‘tarildi va muddatidan avval g‘alaba qozondi. O‘tish bosqichida esa Davlat Bobonov ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini mag‘lubiyatga uchratdi.

Foto

Foto: gettyimages

Video