Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan YTHda besh kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Hodisa bugun, 27 iyul kuni soat 14:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 215-kilometrida sodir bo‘lgan. Captiva rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib transport vositasi ag‘darilgan.

Natijada, mazkur avtomobil haydovchisi va 4 nafar yo‘lovchisi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.