Milliy olimpiya qo‘mitasi 26 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi.

Musobaqalarning uchinchi kuni 7 nafar sportchi bahslarga kirishadi. 2019 yilgi Osiyo chempionati bronza medali sovrindori dzyudochi Hikmatulloh To‘rayev Doxadagi World Masters turnirida bronza medalini qo‘lga kiritgan germaniyalik Igor Vandtke bilan kurashsa, qilichboz Zaynab Dayibekova ko‘p karra Osiyo chempioni bilan bellashadi.

Shahobidin Zoirov. Foto: Insidethegames.biz.

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, jahon va Osiyo chempioni bokschi Shahobiddin Zoirov 2019 yilgi Bolqon chempionati oltin medali sovrindoriga qarshi ringga ko‘tarilsa, Fanat Qahramonov gruziyalik sportchi Georgiy Xarabadze bilan jang qiladi.

Bundan tashqari, Osiyo chempioni, 22 yoshli taekvondochi Nigora Tursunqulova jahon chempioni Chjan Menyuy bilan, Osiyo chempioni va Jahon kubogining ikki karra kumush medali sovrindori Nikita Rafalovich esa Jahon kubogining bronza medali sovrindori Moyses Ernandesga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori, og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva musobaqaning «A» guruhida ishtirok etadi.

Jadval. 3-kun

Sport turiMusobaqaIsm-sharifiO‘tkazish vaqti
Dzyudo
73 kg gacha, 1/16 final
Hikmatilloh To‘rayev — Igor Vandtke (Germaniya)
08:42
Qilichbozliksablya, 1/32 finalZaynab Dayibekova — Tika Aoki (Yaponiya)
05:00
Boks52 kg gacha, 1/16 finalShahobidin Zoirov — Batuxan Chiftchi (Turkiya)
07:48
75 kg gacha, 1/16 final
Fanat Qahramonov — Georgiy Xarabadze (Gruziya)14:51
Taekvondo67 kg gacha, 1/8 final
Nigora Tursunkulova — Chjan Menyuy (Xitoy)
08:30
80 kg gacha, 1/8 finalNikita Rafalovich — Moyses Ernandes (Dominikan Respublikasi)
08:45
Og‘ir atletika55 kg gachaMuattar Nabiyeva15:50