O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida Olimpiada rekordini o‘rnatib, ushbu mashqni birinchi o‘rinda yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

U birinchi mashqdan so‘ng 98 kg natija bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan edi. Muattar Nabiyeva ikki mashq natijasiga ko‘ra 212 kg bilan (98, 114) 4-o‘rinni egalladi

Ma’lumot uchun, dast ko‘tarishdagi avvalgi olimpiada rekord 97 kg edi.