25 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 705 ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lib, umumiy kasallanish holatlari 124 995 nafarni tashkil etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 482 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.


25 iyul kuni 811 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, sog‘ayganlar jami 119 449 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 839 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.