«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali toblatmalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Makaronli mini-toblatmalar


Makarondan tayyorlangan toblatma — taomnomaningizni boyitishning ajoyib usuli. Qolaversa bunday taomni bolalar ham sevib iste’mol qilishadi.

Sendvich-toblatma


Mayin qarsildoq xamir, sersuv asos va xushbo‘y pishloqdan tayyorlangan toblatma katta va kichikka birdek yoqishi aniq. Uni ertalab nonushtaga tayyorlashingiz, yoki kechqurun tayyorlab, ertalab gaz pechida isitib, dasturxonga tortishingiz mumkin.

Lavashdan qilingan toblatma


Agar taom tayyorlashga ortiqcha vaqtingiz bo‘lmasa, ushbu toblatma sizga as qotishi aniq. Buning uchun lavash, pishloq va ta’bga ko‘ra ko‘katlar kerak bo‘ladi.

Kartoshka va qo‘ziqorinli toblatma


Kartoshka va qo‘ziqorin solib pishiriladigan toblatma juda to‘yimli va mazali taomdir.

Tvorog va rezavor mevalardan tayyorlangan toblatma


Ortiqcha vaznga ta’sir ko‘rstatmaydigan shirin toblatmaga nima deysiz? Uni albatta tayyorlab ko‘ring.

Frikadelkali toblatma


Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mga ega bo‘lib, to‘yimli tushlik yoki kechki taom bo‘la oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15