Urgut tumani Merganja mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda ketayotgan Cobalt rusumli avtomashinasi 5 yoshli qizaloqni urib yubordi. Bu haqda “Zamon” dasturi xabar bermoqda.

YTH oqibatida qizaloq voqea joyida vafot etdi.

Urgut tumani YHXB boshlig‘i Bahodir Xolmonovning ta’kidlashicha, qizaloq ota-onaning qarovisiz qoldirilgan.

U ertalab soat 8:00 larda bozorga bormoqchi bo‘lgan va yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtda Cobalt avtomobili tezligini oshirish oqibatida qizaloqni urib yuborgan. Natijada qizaloq qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan “ZIL” avtomobilining orqa baloniga tushib qolgan.