Suzish federatsiyasi rahbari vaqtincha ishdan chetlatildi

O‘zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyev vaqtincha ishdan chetlatildi. Avvalroq, o‘zbekistonlik suzuvchilar g‘irrom yo‘l bilan Olimpiadaga chiqishga urunishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. MOQ va Sport faxriylari kengashi ushbu holat “sport tamoyillariga mos kelmasligini va olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini” ta’kidladi.

Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

O‘zbekiston suzish bo‘yicha natijalar soxtalashtirilgani sababli janjal markaziga tushib qoldi

Xalqaro suzish federatsiyasi Olimpiada yo‘llanmasini olish uchun natijalarni soxtalashtirgan bir qancha o‘zbekistonlik suzuvchilarning ko‘rsatkichlarini bekor qildi. Bu hind sportchisi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuzaga chiqdi. Soxtalashtirishga urinish sababli O‘zbekistonga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishi mumkin. MOQ bayonot bilan chiqdi.

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.

MOQ O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarganiga izoh berdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik 2 nafar tennischi kelishilgan o‘yinlar sababli diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik ikki tennischi 2019 yilda bo‘lib o‘tgan turnirdagi kelishilgan o‘yinlar sababli sportdan chetlatildi. Temur Ismoilov bir umrga diskvalifikatsiya kilinib, 14 ming dollar jarimaga tortildi. Amal Sultonbekov esa besh yilga chetlatilib, unga 8000 dollar miqdoridagi jarima belgilandi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashcilar 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Tokio-2020. Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunladi

O‘zbekistonlik sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlarida saralash bahslarida 11-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur olimpiada Chusovitina uchun sakkizinchi olimpiada bo‘ldi. Avvalroq, u olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

Tokio-2020. O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov finalda g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov final bahsida britaniyalik raqibi Bredli Sinden ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Olimpiada cho‘qqisini zabt etgan O‘zbekiston sportchilari

Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashgan sportchilar hozirgacha jami 32 medallarni qo‘lga kiritgan. “Gazeta.uz” Tokioda start berilgan Yozgi Olimpiada o‘yinlari arafasida bugunga qadar O‘zbekistonga g‘oliblik sharafini olib kelgan barcha Olimpiada chempionlarini eslaydi.