TBRG Open — bu musiqa kuchini qo‘llab-quvvatlovchi va butun dunyo bo‘ylab odamlarni bog‘laydigan platforma. Bu yil uni dunyodagi eng yirik DJ`lardan biri David Guetta taqdim etadi. TBRG Open`ning besh yilligi munosabati bilan DJ loyiha uchun yaratilgan “Get Together” nomli yangi trek chiqardi.

Xalqaro loyiha doirasida O‘zbekiston, Hindiston, Xitoy, Bolgariya va Nepal musiqa ijrochilari ushbu trekning rasmiy remikslarini chiqaradilar.

David Guetta birinchi marta 2009 yilda e’tibor qozonib, “I Gotta Feeling” qo‘shig‘i chiqarilgandan so‘ng dunyo miqyosida shuhrat va e’tirofga sazovor bulgan. Singl dunyoda 17-ta mamlakatning eng yaxshi chartlarida birinchi o‘rinni egallagan. Bugungi kunga kelib David Guetta bir nechta platina va oltin albomlar sohibi bo‘lib, Grammy mukofotining oltita nominatsiyadan ikkitasida g‘olib bo‘lgan. U 2020 va 2011 yillarda dunyodagi birinchi raqamli DJ sifatida tan olingan.

Bu yil O‘zbekiston nomidan TBRG Open musiqiy platformasi bilan ishlash tajribasiga ega Shahlo Ahmedova ishtirok etadi. 2020 yilda ijrochi bu loyihada qatnashgan va Chainsmokers`ning “Hope” singliga “Tanla” qo‘shig‘ini chiqargan.

“Mutlaqo boshqa madaniyat vakillari o‘z talqinini qo‘shib, mening ovozimni o‘ziga xos qilishlarini tezroq ko‘rgim kelyapti. Ishonchim komilki, har bir ijodkor dunyo haqida o‘z tasavvuriga ega va u yangi va g‘ayrioddiy narsalarni qo‘shadi”, — deydi David Guetta butun dunyo DJ`lari bilan bo‘lajak hamkorlik haqida.

Mashhur DJ bilan hamkorlik jarayonida Shahlo Ahmedova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: “Bu noyob tajriba, bu tom ma’noda barcha chegaralarni kengaytiradi. Men xursandman. Bu haqiqatdan ham qiziqarli va istiqbolli ish, ko‘pchilikni katta yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Umid qilamanki, David Guetta bilan hamkorligimiz millionlab odamlarning qalbida yangraydi”.

TBRG Open 2017 yilda ishga tushirilganidan beri butun dunyo bo‘ylab mashhur ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan, ular qatorida The Chainsmokers, Major Lazer, Clean Bandit, Diplo va MØ kabilar bor. Loyiha doirasida yaratilgan qo‘shiqlar xitlar qatoriga qo‘shilib, dunyodagi musiqa ixlosmandlarini birlashtiradi.

Loyiha yangiliklarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/TBRGOpen.uz
Instagram: @tbrgopenuz

Reklama huquqlari asosida.