Shanba kuni 17:30 da Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Anhor kanalida cho‘kayotgan ikki yoshli bola va uning onasini Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi qutqarib qoldi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ayni vaqt ular harbiy shifokorlar nazoratida.