Bugun O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo harorati +37…+40 darajagacha, shimolda, janubda, cho‘l hududlarida ba’zi joylarda +41…+43 darajagacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida havo bulutsiz bo‘ladi. Faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida bulutlilik ko‘payishi kutilmoqda, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Eron hududlaridan juda issiq havo kirib kelishi hisobiga 24−26 iyul kunlari O‘zbekistonda havoda issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan +4…+6 daraja yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo harorati +41…+44 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda +45…+46 darajagacha isiydi.

Vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25−30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlarida havo kam bulutli bo‘ladi.