Innovatsion rivojlanish vazirligining Vaksinauz Telegram-kanalida butun O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Qayd etish joiz, ro‘yxatga faqat tibbiyot muassasalari — markaziy va oilaviy poliklinikalar va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlar kiritilgan. Avvalroq Toshkentda bozorlar, supermarketlar, maktablar va mahallalar hududida qo‘shimcha emlash punktlari ochilishi haqida xabar berilgan edi, ammo ular yangi ro‘yxatda ko‘rsatilmagan.

22 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 5,9 mln doza vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 779 709 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 1 572 483 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 592 938 nafarni tashkil qildi.

O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari