Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish masalalarini o‘rganuvchi Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi. Hujjatga asosan, davlat organlari va tashkilotlari Agentlikning so‘roviga ko‘ra birlamchi statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 24 oktyabrga belgiladi. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.

Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi

Juma kuni ertalab Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama ekrani yonib ketdi. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.

“O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi” — “Hududiy elektr tarmoqlari”

“Hududiy elektr tarmoqlari” iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida “favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi”. Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari manzillari (ro‘yxat)

Butun O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy va markaziy poliklinikalarda, shuningdek ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Toshkent shahar hokimligi 24−26 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni so‘radi. Avvalroq, O‘zgidromet dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘lishini e’lon qilgan edi.

Sodiq Safoyevga Diplomatiya universiteti rektori vazifasi yuklatildi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

Urgutda fuqarolarni haqoratlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi

Urgut tumanida fuqaro Telegram`dagi guruhda, guruh a’zolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, boshqa fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan taxqirlagan. Ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?

Koronavirusdan davolanayotgan va karantinga olingan shaxslar O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashishlarini ta’minlash uchun maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning uylariga ko‘chma qutilar bilan tashrif buyurish rejalashtirilgan. Bunda muddatidan avval ovoz berish davridagi epidemiologik vaziyat inobatga olinadi.

Koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan 21 mln aholidan qariyb 5 foizi to‘liq emlandi — Nurmat Otabekov

Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.

Rahbar o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyati ko‘rsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platforma ishga tushiriladi.

Andijonlik fuqaro go‘shtini iste’mol qilish uchun itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi

Andijonlik fuqaro yarim yil davomida go‘shtini iste’mol qilish uchun o‘z uyida itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi. Unga nisbatan it va mushuklarni saqlash qoidalarini buzish hamda jonivorlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi moddalar asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi.

4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinadi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirdi. Davlat rahbari 4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinayotganini ma’lum qildi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Koronavirusda antitanachalarga test topshirish kerakmi yoki yo‘qmi?

Koronavirusga qarshi vaksinalar qanday ishlaydi? Antitanachalar va ular bo‘yicha testlar qanday bo‘ladi? Nega ushbu tahlillarni topshirishning foydasi yo‘q? “Gazeta.uz"ning shu va boshqa savollariga virusolog va Facebook`dagi “Vrachi Tashkenta” guruhi asoschisi, PhD Dildora Sekler javob berdi.

Olimpiada cho‘qqisini zabt etgan O‘zbekiston sportchilari

Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashgan sportchilar hozirgacha jami 32 medallarni qo‘lga kiritgan. “Gazeta.uz” Tokioda start berilgan Yozgi Olimpiada o‘yinlari arafasida bugunga qadar O‘zbekistonga g‘oliblik sharafini olib kelgan barcha Olimpiada chempionlarini eslaydi.