O‘zbekistonda 22 iyul kuni yil boshidan beri antirekord yanglilandi — 738 kishi koronavirusga chalindi. Bir kun avval ushbu raqam 719 tani tashkil etgan edi. Koronavirus bilan umumiy kasallanish holatlari 122 786 nafarni tashkil etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining eng yuqori ko‘rsatkichlari poytaxtda — 118 kishida, Toshkent viloyatida — 89 kishida, Jizzaxda — 85 kishida, Samarqandda — 78 kishida, Surxondaryo viloyatida — 77 kishida, Qoraqalpog‘istonda — 76 kishida va Farg‘ona viloyatida — 65 kishida aniqlandi.

Kecha kun davomida 462 pnevmoniya holati ham aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkich Sog‘liqni saqlash vazirligi pnevmoniya bilan kasallanish statistikasini e’lon qilishni boshlagan 5 iyuldan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 819 nafarni tashkil qildi.