Andijon viloyatida Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilgan fuqaro ushlandi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, fuqaro Sh. N. boshqa bir fuqaroga o‘zini mehnat migratsiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilgan. Ushbu pullardan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.