O‘zbekistonda 21 iyul kuni yil boshidan beri antirekord yanglilandi — bir kunda 719 kishi koronavirusga chalindi. Bir kun avval ushbu raqam 698 tani tashkil etgan edi. SSV matbuot xizmati хабарига ko‘ra, COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 122 048 nafarga yetdi.

Eng ko‘p kasallanish holati Toshkentda kuzatildi — 118 ta, Toshkent viloyatida — 83 ta, Surxondaryo va Jizzax viloyatida — 81 tadan, Samarqandda — 78 ta, Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘istonda — 71 tadan. Ushbu raqamlar boshqa viloyatlarda 13 tadan (Xorazm) 31 tagacha (Namangan) qayd etilgan.

Kun davomida 492 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, bir kun oldin bu ko‘rsatkich -478 ta edi. Pnevmoniya bilan kasallanish statistikasi 5 iyuldan beri e’lon qilinib kelinmoqda.

Koronavirusga chalinib, rasman vafot etganlar soni 4 nafarga oshib, 814 kishiga yetdi.