Kecha, 21 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Bu ushbu vaksinaning keltirilgan 9-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda kecha, 20 iyul kuni ham olib kelingan edi.

Ma’lumot uchun bundan avval ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza,10 iyunda — 1 mln doza, 29 iyunda — 1 mln doza, 30 iyunda — 1 mln doza, 20 iyulda — 1 mln doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 9 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 370 ming dozasi “Sputnik V”, 710 ming dozasi AstraZeneca, 8,5 mln dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.

Ma’lumot uchun 21 iyul holatiga O‘zbekistonda jami 1 mln 27 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.