Kecha O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 698 nafarga. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

20 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121329 (+698) nafarni tashkil etmoqda. Bu 2021 yil bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 87 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 32 nafari Namangan viloyatida,
  • 65 nafari Samarqand viloyatida,24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 84 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 58 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 79 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.


Ushbu holatlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, 20 iyul kuni davomida 478 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kasallikdan sog‘ayganlar jami 116009 (+495) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 810 nafarni tashkil qildi.