Kecha, 20 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Bu ushbu vaksinaning keltirilgan 8-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda 30 iyun kuni ham olib kelingan edi.

Ma’lumot uchun bundan avval ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza, 10 iyunda — 1 mln doza, 29 iyunda — 1 mln doza, 30 iyunda — 1 mln doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 8 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 370 ming dozasi «Sputnik V», 710 ming dozasi AstraZeneca, 7,5 mln dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.