O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 20 iyuldan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlar ishtirokchilari soniga cheklovlar kiritilganini ma’lum qildi.

Ushbu tadbirlarni agar to‘yxonalar (restoranlar)da ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Agarda marosim ochiq havoda o‘tkazilsa, ishtirokchilar soni 100 kishigachani tashkil etishi mumkin, mazkur cheklov aprel oyida o‘rnatilgan edi.

Avvalroq 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilandi. Mazkur qaror mamlakatda koronavirus va pnevmaniyaga chalinganlar soni ortib borayotgani munosabati bilan qayta ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish obyektlari — restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.