20 iyuldan O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish punktlaridan ovqat yetkazib berish xizmatlari ish vaqtiga cheklovlar o‘rnatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu xizmatlar faqatgina 8:00 dan 23:00 oralig‘ida ishlashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish obyektlari — restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.