19 iyul kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov xabar berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lumot uchun, Murod Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U o‘zining professional karerasini 2013 yilda boshlagan.

Mazkur YTH to‘g‘risida IIV YHXBB axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Hodisa 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida sodir bo‘lgan. Yo‘lning bir yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida BMW X5 rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, BMW X5 rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.