20 iyun kuni Toshkentning Chilonzor tumanida ayol kishi ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketib, voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining Daryo`ga ma’lum qilishicha, ayol ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Qizning qaynonasi marhuma 9-qavatdan tasodifan tushib ketganini ma’lum qilgan. Uning onasi Nodira Xoliqova esa Human.uz`ga marhumaning oilaviy hayoti haqida gapirib berdi. U qizi E’zoza Ozodova (2001 yilda tug‘ilgan) o‘z joniga qasd qilmaganini ta’kidladi.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil iyul oyida marhumani asli shahrisabzlik bo‘lgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi oilaga turmushga berishgan. Ta’kidlanishicha, «oilaviy hayotning birinchi kunlaridanoq er o‘zining odobsiz odatlari, shu jumladan giyohvand moddalarni iste’mol qilishini bilib olgan qizini urishni boshlagan». Kelin bu haqda qaynonasiga xabar bergan, qaynona kuyovning otasiga aytishni va’da qilgan. «Kuyovning o‘zi turmush o‘rtog‘i bilan turmushi, odatlari to‘g‘risida ochiqchasiga gapirgan», — deydi Nodira Xoliqova.

Nodira Xoliqova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qizi 11 oygacha homilador bo‘lolmagan.

«O‘tgan yilning mart oyi boshida karantin paytida uning qaynonasi Turkiyaga uchib ketgan, ammo bundan oldin u o‘g‘lining xonasida maksimal ovoz yozish vaqti 25 soat bo‘lgan diktofon qo‘yib ketgan», — dedi marhumning onasi.

Nodira Xoliqova, shuningdek, qizining qaynonasi doimiy ravishda «unga bosim o‘tkazgan, unga tinchlik bermagan, yangi turmush qurganlarning yotoqxonasiga taqillatmasdan kirib kelgan, kelinining odob-axloqi va johilligi» haqida gapirib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, E’zoza Ozodova pishirishni yaxshi bilar edi, ammo «qaynonasi unga o‘rgatmagan va yangi oilasining hayotini tushuntirmagan 50 yoshli ayolga nisbatan tajribasiz edi».

«Men aytdim, mayli, u yerda yashama dedim, u esa „yo‘q, onajon, men o‘z o‘rnimni boshqasiga berib yuboradigan qiz emasman“, deb javob berdi. U mard qiz edi», — dedi marhumaning onasi.

Uning ta’kidlashicha, bir muncha vaqt o‘tgach, qizi homilador bo‘lgan, besh oydan so‘ng esa u ko‘richak bilan og‘rib, operatsiya qilingan, ammo o‘shanda ham ona borolmagan.

«Janjallar to‘xtamadi. Ular uni „tarakansan“ degan. Qizimga ota-onang ham kerak emas», — deb aytishgan. Qiz shu yilning may oyida qo‘shnisining telefoni orqali unga qo‘ng‘iroq qilib, shikoyat qilgan, ammo «shunda ham u o‘z joniga qasd qilishni xohlayman, deb aytmagan».

«U o‘zini o‘ldirmagan, uni yaxshi kaltaklaganlar, qizim hushini yo‘qotgan. Ular bu haqda aytib berishidan qo‘rqishgan, shuning uchun ular qizimni tashlab yuborganlar. Ularning aytishicha, deraza oynasi sinib, u yiqilib tushgan. Qizim to‘qqizinchi qavatdan yiqilib o‘lmagan. To‘qqizinchi qavatdan yiqilgan odam titilib ketishi kerak. Men hammadan so‘radim. U o‘ng tomoni bilan yiqilib tushgan, go‘yo kimdir shu tomonga urilgandek, boshi ham sinmagan. Ko‘zlar, quloqlar, burun avvalgi kabi go‘zal bo‘lib qolgan. Qizimning qo‘li singan, faqat o‘ng tomoni singan», — dedi ona ko‘z yoshlari bilan.

«Tarqalgan gaplarga ko‘ra, qizim bolaga ovqat tayyorlash uchun kirgan ekan. 10−15 daqiqadan keyin qaynonasi undan xavotir olib kirganmish. Nima uchun xavotirlanadi? Kirganida qizim derazada turgan ekan. Bu qaynonasining aytishi bo‘yicha gaplar», — deya qo‘shimcha qiladi marhumaning onasi.

Ta’kidlanishicha, boshqa joylarda aytilgan gaplarda «pardani surayotgan vaqtda behosdan tushib ketgan ekan». «Nima uchun suradi pardani yarim kechasi? Bu ishonarli gapmi?» — deya qo‘shimcha qiladi u.

Nodira Xoliqova qaynona va kuyov jazoga tortilishini xohlayotganini bildirdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Surishtiruv davomida videoyozuvda ko‘rsatilgan vajlar ham o‘rganib chiqilishi ta’minlanadi.