Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 ming 654 tani tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 648 taga ko‘p.

Qo‘shma korxonalar soni 5 993 tani, xorijiy korxonalar soni esa 6 661 tani tashkil etmoqda.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:

  • Sanoat — 4 064 ta;
  • Savdo — 3 440 ta;
  • Qurilish — 1 046 ta;
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 693 ta;
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 540 ta;
  • Axborot va aloqa — 352 ta;
  • Tashish va saqlash — 326 ta;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish — 197 ta.

Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni:

  • Toshkent shahri — 7 518 ta;
  • Toshkent viloyati — 1 365 ta;
  • Samarqand viloyati — 619 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 480 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 482 ta;
  • Andijon viloyati — 364 ta;
  • Buxoro viloyati — 317 ta;
  • Namangan viloyati — 271 ta;
  • Navoiy viloyati — 241 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 229 ta;
  • Jizzax viloyati — 219 ta;
  • Xorazm viloyati — 189 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 183 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 177 ta.