17 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 507 ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lib, umumiy kasallanish holatlari 119 388 nafarni tashkil etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 436 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

17 iyul kuni 478 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, sog‘ayganlar jami 114 303 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 796 nafarni tashkil qildi.


Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 5 645 153 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 544 032 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 534 789 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 566 332 nafarni tashkil qildi.

17 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 124 179 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 98 702 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 518, 3-bosqich emlanganlar 10 959 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (730 720 doza), Namangan viloyatida (727 124 doza), Andijon viloyatida (629 418 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 007 993 nafarni tashkil qilmoqda.