Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi komponentini qabul qilganini ma’lum qilindi.

«Hamshaharlar bugun (17 iyul kuni — tahr) o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichini qabul qilib oldim. O‘ylaymanki, bu koronavirusning oldini olishga juda katta yordam beradi. Xalq, shifoxonada yotgan odamlar bilan gaplashayapmiz, vaksina olganlar kovid bo‘lib qolgan taqdirda ham ahvollari ancha yengil kechayapti», — dedi hokim.

Keyinroq poytaxt hokimligi taqdim etgan video ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Gazeta.uz» so‘roviga binoan Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati Jahongir Ortiqxo‘jayevning xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlanish jarayoni aks etgan videolavhani taqdim etdi. Lavhada hokimning emlanishi haqidagi e’lon qilingan videoдан so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘lgan savollarga javob berilgan.