Bugun, 17-iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda bloger Xushnudbek.

Unda koronavirus tarqalishining oldini olish, aholining muayyan qatlamini ommaviy vaksinatsiyalash ishlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilingan.

Shu jumladan, yig‘ilishda joriy yilgi test sinovlarini avgust oyida ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.

Avvalroq OTMlarning bakalavriat va magistratura imtihonlari, o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq imtihonlar va nostrifikatsiya test sinovlari jarayonlari internetda jonli эфирга uzatilishi ma’lum qilingandi.