Akademik litseylarning imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi sentyabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda.