Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sessiyasida Jamshid Haydarov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15−16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida faollar ishtirokidagi yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi va bu lavozimga Jamshid Haydarov tayinlanishini aytgan edi, deyiladi xabarda.

Jamshid Haydarov 1975 yilda tavallud topgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Shu paytga qadar ham «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga rahbarlik qilib kelgan.