Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni xorijdagi o‘qishini 6000 dollar evaziga ko‘chirtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro T.I. fuqaro Sh. ning ishonchiga kirib, unga Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetini 1-kursini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o‘qishini Toshkent tibbiyot Akademiyasiga ko‘chirtirib berish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.