Tenge Bank yuridik va jismoniy shaxslarning «Mijoz yulini» takomillashtirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani yo‘lga qo‘ymoqda. Shu munosobat bilan, 13 iyul kuni Tenge Bank O‘zbekiston TUNE Consulting IT-kompaniyasi bilan yuridik va jismoniy shaxslarga masofali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha omnikanal platformasini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Tenge Bank ushbu platforma o‘zining va hamkorlarining ilovalari orqali mijozlarni jalb qilishni (customer onboarding) va ularga xizmat ko‘rsatishni osonlashtirish imkoniyatini yaratishiga ishonadi. Bu esa, o‘z navbatida, bankning O‘zbekiston bozori uchun maxsus mahsulotlarini mavjud va potensial mijozlar uchun yanada qulayroq qilish imkoniyatini yaratadi.

Loyihaning maqsadi — aholining turli qatlamlaridan bo‘lgan mijozlarning (talabalardan nafaqaxo‘rlargacha) va turli hajmdagi kompaniyalarning (kichik biznesdan tortib yiriklarigacha) ehtiyojlari va istaklarini to‘liq qondirish orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va savdo kanallarini kengaytirishdan iborat.


«Bank ushbu loyihani ishga tushirishga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rib keldi. Xususan, biz chakana savdo va korporativ sektor bo‘yicha kuchli mutaxassislarni jalb qildik. Bankning texnologik hamkori sifatida TUNE Consulting kompaniyasini tanlashimizning asosiy sababi kompaniyaning bugungi kungacha bo‘lgan yuqori darajadagi tajribasidir», — deydi Tenge Bank`ning boshqaruv raisi Talgat Ayupov.

«TUNE Consulting uchun Markaziy Osiyo hududidagi yirik moliyaviy guruh tarkibiga kiruvchi Tenge Bank bilan hamkorlik qilish katta sharafdir. Tenge Bank bizni texnologik hamkor sifatida tanlagan O‘zbekistondagi uchinchi xorijiy bank bo‘ldi», — deydi TUNE Consulting vakili Farhod Obidxonov.

«Tenge Bank» ATB zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi universal bank hisoblanadi. Bank «Qozog‘iston xalq banki» (Halyk Bank) AJning sho‘ba banki hisoblanadi.

TUNE Consulting kompaniyasi bankirlar tor doirasida konsalting «butigi» sifatida tanilgan.

Kompaniya o‘z faoliyatini 2009 yilda boshlagan. 15 yoki undan ortiq alohida tizimlarni o‘z ichiga jamlagan murakkab bank IT loyihalarini olib boradi. Oxirgi to‘rt yil mobaynida TUNE Consulting raqamli texnologiyalarga o‘tdi va bir qator banklarga mijozlarga masofali xizmat ko‘rsatish sohasida yetakchilardan bo‘lishlariga yaqindan yordam ko‘rsatib kelmokda.

Tenge Bank`ning bosh ofis manzili: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 66.

Telefon: 1245.

Sayt: tengebank.uz
E-mail: info@tengebank.uz.

Reklama huquqlari asosida.