Namangan viloyatida 7 yoshli bola avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

13 iyul kuni soat 15:45 larda Mingbuloq tumani Baliqchi-Mingbuloq-Pungon yo‘lining 63-kilometrida Nexia rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.