Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 5 397 765 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 349 166 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 505 103 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 543 496 nafarni tashkil qildi.

15 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 122 574 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 95 489 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 735, 3-bosqich emlanganlar 12 350 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (694 123 doza), Farg‘ona viloyatida (687 022 doza), Andijon viloyatida (608 464 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 985 157 nafarni tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 478 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 15 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118 380 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 320 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 113 261 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 789 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.